Muhammadali Abduqunduzov

Aktyor
Muhammadali Abduqunduzov
Tavallud sanasi:
14.06.1952

O’zbek milliy teatr san’atining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri Muhammadali Abduqunduzov 1952 yil 14 iyulda Farg’ona viloyati O’zbekiston tumanidagi Yaypan qishlog’ida tavallud topdi. Aktyorlik kasbiga havas uni Toshkent Davlat san’at institutiga yetakladi. Institutni muvaffaqiyatli tugatgan ijodkor bir guruh fidoyi yoshlar bilan Surxondaryoga, Mannon Uyg’ur nomidagi viloyat musiqali drama teatriga yo’llanma oladi.

Aktyor ushbu teatr sahnasida o’n ikki yil halol, sidqidildan ijod qildi, izlandi, rollar o’ynadi va spektakllar sahnalashtirdi. Shu yillar davomida ijodkor jahon va o’zbek dramaturgiyasining eng sara namunalarida o’ziga xos, badiiy jihatdan yetuk obrazlar galereyasini yaratdi. Muhammadali yaratgan obrazlar kuchli temperamenti, jo’shqinligi, samimiyligi bilan tomoshabinni maftun etadi. Qahramonona ruhda ijro etilgan Ferdinand («Makr va muhabbat», Shiller), Davronbek («Vatan ishqi», Zinnat Fatxullin va Uyg’un), Paratov («Sepsiz qiz», Ostrovskiy), Shokir («Ko’rmayin bosdim tikonni», Izzat Sultan), Alibek («Sarviqomat dilbarim», Chingiz Aytmatov), Andrey («Barcha bilan yakkama-yakka», Aleksandr Gelman), Musa Jalil ("Noma’lum kun", Dias Valeev) obrazlari aktyorning o’zbek teatri rivojiga qo’shgan katta hissasi sifatida e’tarof etildi.

Ayniqsa, mashhur adib Said Ahmad qalamiga mansub «Ufq» dramasidagi Ikromjon obrazini aktyor yuksak mahorat va iste’dod bilan talqin etdi. Ushbu spektakl o’n yildan ortiq vaqt mobaynida teatr repertuarining fayzi bo’lib turdi. Asar muallifi ijodkorning katta mahoratini e’tirof etib shunday so’zlarni bitgan edi: «Muhammadali! Qog’ozdagi Ikromjonga jon kiritib, unga hayot bag’ishladingiz, bunday ish faqat zabardast san’atkorning qo’lidan keladi. Rahmat». Ikromjon roli 1975 yili O’zbekistonda «Yilning eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasi bo’yicha Bosh mukofotga sazovor bo’ldi.

Muhammadali Abduqunduzov 1986 yilda O’zbek Milliy akademik drama teatriga ishga taklif etildi. Otaxon teatrda aktyor yaratgan dastlabki obraz dramaturg Vladlen Dozortsevning «So’nggi qabul» asaridagi Yermakov bo’ldi. Uning ushbu teatrdagi dastlabki obrazlari o’zbek teatriga o’ziga xos ijro uslubiga ega bo’lgan san’atkor kirib kelganidan dalolat beradi. Taniqli kinorejissyor Latif Fayziev teatrda Izzat Sulton kalamiga mansub «Abdulla Qodiriyning o’tgan kunlari» spektaklini sahnalashtirishga kirishganida hech ikkilanmay Qodiriy va Otabek obrazini Muhammadaliga topshiradi. Aktyor o’ziga bo’lgan katta ishonchni oqlash uchun tunu-kun izlandi, zero bitta sahna asarida ikkita katta obrazni yaratish undan bor kuch va mahoratini ishga solishni taqozo etardi. Har bir obrazning o’ziga xos xarakterini topish, tushuna borish, ularni rang-barang bo’yoqlarda ifoda etish o’ta murakkab vazifa edi. Ijodkorning tinimsiz izlanishlari o’z samarasini berdi. Otabek va Qodiriy obrazlari muxlislar tiliga tushdi. Aktyor teatr sahnasida mustahkam irodali, falsafiy mazmunga ega bo’lgan fojiaviy hamda dramatik obrazlar yaratishda katta muvaffaqiyatga erishdi. O’zbek («Baxtli gadolar», Gotstsi), amir Umarxon («Taxlikali damlar», Salohiddin Sirojiddinov), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy», Uyg’un va Izzat Sulton), Sultonali («Mehrobdan chayon», Abdulla Qodiriy), Po’lat («Yorqinoy», Cho’lpon), Sarkarda («Koriolan», Shekspir), Jumanov («Qatag’on», O’.Hoshimov) obrazlarini aktyor o’zbek milliy teatrining eng yaxshi an’analariga suyangan holda ijro etdi hamda muvaffaqiyatga erishdi.

Shoir va dramaturg Usmon Azim qalamiga mansub «Kunduzsiz kechalar» spektaklida yaratilgan Cho’lpon obrazi san’atkorning so’nggi yillarda yaratgan eng salmoqli obrazlaridan biri sifatida qayd etildi. Aktyor Cho’lponning ichki dunyosini, uning orzu armonlari, dardu alamlarini o’ta noziklik bilan tasvir etadi. San’atshunoslik nomzodi, professor Toir Ismoilov: «Spektakldagi eng muvaffaqiyatli obraz aktyor Muhammadali Abduqunduzov yaratgan Cho’lpon obrazidir. Teatr sahnasida otashnafas shoirning nurli obrazi kashf etilgan» deb yozsa, san’atshunoslik doktori Muhabbat To’laxo’jaeva «Aktyor, xarakterida jilovlangan kuch, ziyolilik, ichki madaniyat jo’sh urgan inson siymosini gavdalantirgan Muhammadali Abduqunduzov Cho’lpon obrazini poetik teranlik va hissiy jo’shqinlik bilan to’ldirishga muvaffaq bo’lgan» deya e’tirof etadi.

Ushbu spektaklning «Andijon bahori» (1999) hamda «Mustaqillik timsoli» (2001) festivallarida Bosh mukofotga sazovor bo’lishi hamda aktyorning «Eng yaxshi erkak obrazi uchun» nominatsiyasi bo’yicha mukofot olishi ham ushbu e’tiroflarning bejiz emasligini ta’kidlab turibdi. Aktyorning O’zbekiston televideniesidagi videofilmlarda yaratgan obrazlari uni har bir o’zbek xonadonining aziz san’atkoriga aylantirdi. Ayniqsa Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romani asosida yaratilgan «Bobur» ko’p qismli videofilmi unga katta shuhrat keltirdi.

Muhammadali Abduqunduzov ijrosidagi Bobur Mirzo og’ir, vazmin, chuqur o’yga botgan, o’tkir nigohli, gapirish ohangida mahzunligu mag’rurlik, xazinligu o’ktamlikni mujassam etgan inson sifatida gavdalanadi. Aktyor ijro etgan Navoiyning «Layli va Majnun» asaridagi Alisher Navoiy, Cho’lponning «Kecha va kunduz» asaridagi Cho’lpon, Tamilla Qosimovaning «Uvaysiy» videofilmidagi Amir Umarxon siymolari ham tomoshabinlar qalbida chuqur iz qoldirdi. «Bobur» va «Kecha va kunduz» videofilmlari Pokiston va Turkiya televidenielari orqali ham namoyish etildi. O’zbekiston Mustaqilligining o’n yilligiga bag’ishlab suratga olingan «Asrlarga teng o’n yil» va O’zbekiston Konstitutsiyasiga bag’ishlab yaratilgan «Adolat qomusi» badiiy-publitsistik filmlaridagi boshlovchi obrazlari ham ijodkor hayotida alohida o’rin egallaydi. Aktyor «O’zbektelefilm» studiyasida buyuk ajdodlarimizga bag’ishlab suratga olingan «Bahoviddin Naqshband», «Imom Termiziy» hamda «Al-Farg’oniy» kabi filmlarga yuksak mahorat bilan ovoz berdi, o’zbek milliy teatr san’ati yutuqlarini Frantsiya, Germaniya kabi mamlakatlarda munosib namoyish etdi. Iqtidorli aktyor ijod bilan birga rahbarlik ishlarini ham muvaffaqiyatli olib bormoqda.

Muhammadali Abduqunduzov O’zbekiston Pecpublikasi Madaniyat ishlari vazirining o’rinbosari (1996 yil), «O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktori (1998 yil), Teatr ijodkorlari uyushmasi raisidir. Mustaqillik bayramlari tantanalari, «Navro’z» umumxalq bayramlari, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Cho’lponning yubileylari, Xivaning 2500 yilligi, «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi, O’zbekiston qo’shiq bayrami tadbirlari, «Ofarin» yilning eng yaxshi ijodkori tanlovi, «Navro’z», «Andijon bahori» va «Xumo» yoshlar teatrlari festivallarini, O’zbekistonda Ukraina, Tojikiston, Qirg’iziston madaniyati kunlarini o’tkazishda faol ishtirok etdi.

Ijodkor 1983 yilda «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist», 1997 yilda «O’zbekiston xalq artisti», 1999 yilda «Qoraqalpog’iston xalq artisti» faxriy unvonlariga, 1997 yilda esa Xalqaro Bobur mukofotiga sazovor bo’ldi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/abduqunduzov_muhammadali_
Sayt foyda berdi!
87492 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi